Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada fojiali yong‘in: 8 nafar o‘t o‘chiruvchi omborxonadagi olov ichidan qaytib chiqmadi

Rossiya poytaxti sharqidagi Golyanovo tumanida joylashgan omborxonada chiqqan yong‘inni o‘chirish ishlariga jalb etilgan o‘t o‘chiruvchilarning 8 nafari olov ichida izsiz yo‘qoldi.
Mahalliy nashrlarning ma'lumotiga ko‘ra, Amur ko‘chasidagi sun'iy gullar tayyorlanadigan omborxonada yirik yong‘in kelib chiqqan. Alanga 4 ming kv m maydonni qamrab olgan. Bu yong‘in og‘irligi bo‘yicha to‘rtinchi darajali deb baholangan.
O‘t o‘chirish ishlariga 200 nafar o‘t o‘chiruvchi hamda 60ta texnika safarbar etilgan. Yonayotgan plastikni o‘chirish ilojsiz ishga aylangan, o‘t o‘chiruvchilar binolarga kislorod kirishini to‘sib qo‘yish maqsadida barcha nuqtalarni ko‘pikka to‘ldirish uchun yoppasiga harakat qilgan.
Hozirda yong‘inning avj olishi to‘xtatilgan, uni butunlay bartaraf etish ishlari davom etmoqda, endilikda olovning aholi uchun xavfi qolmagan.
Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in birdaniga boshlangan. Guvohlar bino ichidan chopib chiqqan ishchi ayollarni ko‘rishgan.
"Ular juda tez chopishardi, ba'zilari choynakdan yong‘in chiqqani haqida aytishardi. Avvaliga vaziyat jiddiy emasdek ko‘rinardi", degan o‘tkinchi guvohlardan biri.
8 nafar o‘t o‘chiruvchi tom qulab tushgach, halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. RIA Novosti xabarida aytilishicha, o‘nlab ishchilar yong‘in ichida qolgan bo‘lishi mumkin.
Yong‘in to‘la bartaraf etilgach, bedarak ketgan kishilarni qidirish ishlari boshlanadi.
Rossiya shahri meri Sergey Sobyanin halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real»da yangi himoyachi, APL klublari hujumni kuchaytirmoqda. So‘nggi transfer xabarlari
Sport | 11:12
-
Germaniya: Rossiya va Belarus migratsiyadan qurol sifatida foydalanyapti
Jahon | 11:10
-
O‘zbekistonga chet davlatdan pul o‘tkazmalari kiberjinoyatchilar hujumiga uchramoqda
O‘zbekiston | 10:52
-
AQSh energetika vaziri: Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar «juda real»
Jahon | 10:44
Mavzuga oid

09:26 / 21.07.2025
Chilonzorda avtomobil yonib ketishi oqibatida 4 kishi kuyish jarohati oldi

07:28 / 21.07.2025
Olmazor tumanidagi omborxonadan havoga vodorod peroksidi tarqaldi

19:57 / 20.07.2025
Indoneziyada bortida 280 kishi bo‘lgan parom yonib ketdi (video)

15:32 / 20.07.2025