Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Seul va AQShning Guam orolidagi bazasini yo‘q qilmoqchi

Foto: RIA
KXDR Seul va Amerikaning Tinch okeanidagi harbiy bazasiga nisbatan yadro qurolini qo‘llashi mumkin. Koreya Markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya bosh shtabi vakilining so‘zlariga asoslangan holda shunday xabar qilmoqda.
Bayonotda ta'kidlanishicha, AQSh va Janubiy Koreyaning fitnalari, Koreya yarimorolida nazorat qilib bo‘lmaydigan va yadro qurolidan foydalanishga olib borishi ehtimoli yuqori, hal qilib bo‘lmas vaziyatni kuchaytirmoqda. Shunga binoan, Koreya xalq armiyasi bosh shtabi harbiy qarshilik ko‘rsatish borasida o‘zining asosiy qarashini ma'lum qildi.
"Koreya xalq armiyasining yadroviy kallaklari Seulni kultepaga aylantiradi", — deyiladi KMTA xabarida.
Shimoliy koreyalik harbiylar shuningdek, keskinlik tobora kuchaysa va yarimorol osmonida AQShning V-1B bombardimonchi samolyotlari parvozini davom ettiraversa, Amerikaning Guam orolidagi harbiy aviabazasini "yer yuzidan supurib tashlashini" ta'kidlashgan.
22 sentabr kuni AQShning Tinch okeani qo‘mondonligi (USPACOM) Amerikaning ikkita B-1B strategik bombardimonchi samolyoti KXDR chegaralariga juda yaqin hududdan uchib o‘tgan. Ulardan biri Seuldan 70 km janubroqqa qo‘ngan.
"So‘nggi 20 yilda birinchi marta V-1V Koreya yarimoroliga qo‘ndi", — deyiladi USPACOM bayonotida.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

23:14 / 29.07.2025
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi

22:56 / 29.07.2025
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi

16:17 / 29.07.2025
Amerikaliklar yarim yillik turg‘unlikdan keyin quvnoq hayotiga qaytmoqchi

13:23 / 29.07.2025