Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik amaldor poyabzalini kir qilishni istamagani uchun ishdan haydaldi

Xitoyning Chjetszyan viloyatidan bo‘lgan amaldor loydan yurib, poyabzalini kir qilishni istamagani uchun ishdan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Shanghaiist xabar beradi.
Bao Syuyveyni juma kuni Meranti tayfunidan jabrlanganlar hududida suratga olishdi. Suratda ko‘rinib turibdiki, ikki erkak amaldorni ko‘tarib, loyqa ko‘lmak ustidan olib o‘tmoqda. Bu surat internetda paydo bo‘lgach, Baoni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tanqid ostiga olishdi.
Hukumat tanqidga e'tibor qaratdi va amaldorni o‘z vazifasidan ozod etdi. Baoning so‘zlariga ko‘ra, bu tushunmovchilik sabab yuz bergan: o‘sha kuni u jabrlanganlar hududiga rasmiy uchrashuvdan so‘ng tashrif buyurgan va ish poyabzalini suv o‘tkazmaydiganiga almashtirishga ulgurmagan. U quruqroq yerga o‘tishga uringanida, sug‘urta kompaniyasining ikki ishchisi uni qo‘lidan ushlab, katta ko‘lmak ustidan olib o‘tishgan. Bu esa bor-yo‘g‘i bir necha soniya davom etgan.
Amaldorni olib o‘tgan xodimlar bu so‘zlarni tasdiqlashdi: ularning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar xuddi shunday yo‘l bilan nafaqat Baoga, balki boshqa kishilarga ham yordam berishgan. Voqeani suratga olgan fotosuratchi janjal uchun uzr so‘radi va u shunchaki insonlar bir-biriga qay tariqa yordam berayotganini ko‘rsatishga uringanini aytdi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi
Jahon | 18:52
-
“Jilovlanmayotgan” jinoyat: soddalik chegarasi va pixini yorgan firibgarlar
Jamiyat | 18:16
-
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda
Jahon | 16:52
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
Mavzuga oid

07:40
Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va YeI munosabatlariga zarba berdi

20:55 / 22.07.2025
Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi

08:08 / 22.07.2025
Xitoy yuqori texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilyapti

15:08 / 21.07.2025