Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston sigaretasiz qoldi

Turkmanistonda tamaki mahsulotlari tanqisligi kuzatilayapti. Yaqin vaqtlardan boshlab, Turkmanistonning davlat do‘konlarida tamaki mahsulotlari sotilmayapti. Shu sababli, tamaki mahsulotlarining tijorat do‘konlaridagi narxi keskin qimmatlashgan. Ayrim joylarda, bir kishiga bir quti sigareta sotilayotgani xabar qilinmoqda. Boshqa bir hududda faqatgina donalab xarid qilish mumkin. Ba'zan tamaki mahsuloti uchun tortishuvlar janjalga aylanib, politsiya aralashuviga olib kelayapti, deb yozmoqda mahalliy OAV.
Xabarlarga ko‘ra, birmuncha vaqt avval, nodavlat tashkilotlari va xususiy shaxslarga tamaki mahsulotlari olib kirish taqiqlangan edi. Biroq, savdo vazirligi bo‘linmalari bu jarayonga tayyor bo‘lmagani bois, mahsulotni yetkazib berishda doimiy uzilishlar vujudga kelmoqda.
Shu sababli, mamlakatda tamaki mahsulotlarini noqonuniy pullovchi qora bozor avj olmoqda. Xususan, ANT manbalariga ko‘ra, bugungi kunda bir quti sigareta rusumiga qarab 50, 60 va hatto 65 manat (14-17 yoki 18,5 dollar)dan sotilmoqda. Aslida bu mahsulotlarni ham davlat do‘konlar sotuvchilari yashirincha pullashayotgani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish
Jamiyat | 17:02
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
Mavzuga oid

07:18 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etadi

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

21:51 / 30.06.2025
Gretsiyada bolalarni tamaki olib kelishga yuborganlarni jinoiy javobgarlikka tortish boshlanadi

15:02 / 30.06.2025