Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boshqirdiston rahbari Yevropaning eng yirik masjidiga milliardlab pullar ajratishga va'da berdi

Boshqirdistonning sobiq rahbari, "Ural" xayriya jamg‘armasi raisi Murtazo Rahimov respublika rahbari Rustem Xamitovning "Ar-Rahim" masjidi qurilishini yakunlashda yordam berish taklifiga javob berdi.
Ufada qad rostlayotgan masjid Yevropadagi eng katta masjid sifatida e'tirof etilmoqda.
"Bu maqsadlar uchun hammasi bo‘lib 1,45 mlrd rubldan ko‘proq pul ajratilgan. Bugungi kunda jamg‘arma tomonidan qurilishni moliyalashtirish to‘xtatilgan. Buning sababi – qurilish buyurtmachisi – Boshqirdiston Respublikasi musulmonlar diniy boshqarmasi tomonidan ajratilgan xayriya mablag‘larining maqsadga muvofiq ishlatilmasligi, uning qimmat narxdagi import materiallardan voz kechishni istamasligidir", deb aytildi "Ural" saytida.
Qurilishni moliyalashtirishdan bosh tortish haqidagi rasmiy bayonot "Ural"ning saytida 18 avgustda joylashtirilgan. Biroq 5 sentabrda Xamitov masjidni qurib bitkazishda yordam berish taklifi bilan chiqdi.
"Bu ulkan va qimmatbaho qurilish ekanini anglash kerak. 25 ming kvadrat metr maydonda inshoot qurish bugungi kunda kamida 2-2,5 mlrd rublni tashkil qiladi. Hozirda obekt taxminan yarmiga qurib bitkazilgan. Biroq bu imoratning o‘zi. Bundan tashqari, yo‘l, ko‘prik qurish, jamoat transportini yo‘lga qo‘yish kerak. Gap yana bir necha milliard rubl haqida ketmoqda", deb aytgan Xamitov.
Xamitovning aytishicha, "hukumatga hozircha qurilishni o‘z zimmasiga olish va uni oxirigacha yetkazish iltimosi bilan hech kim murojaat qilmagan".
Bugun Rahimov jamg‘armasi bu taklifni qabul qilgani ma'lum bo‘ldi.
"Barpo etilayotgan obekt respublika uchun ham, butun musulmon dunyosi uchun ham juda muhim. Biz yaqinda bergan intervyumizda masjid qurib bitkazilishi va respublika, mamlakat va butun dunyo dindorlari ixtiyorida bo‘lishi uchun maksimal darajada kuchimizni berishimizni aytgandik. Biz o‘z tomonimizdan sizning istagingizni qo‘llab-quvvatlaymiz va respublika hukumati Jome' masjidni barpo qilishni e'tiborsiz qoldirmaydi, deb umid qilamiz", deb aytilgan "Ural" saytida chop etilgan, respublikaning amaldagi prezidentiga birinchi prezidenti yo‘llagan murojaatda.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Microsoft server dasturiy ta’minotiga hakerlar hujumi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:40
-
Germaniya banki O‘zbekistonda biznesni moliyalashtirish loyihasini amalga oshiradi
Iqtisodiyot | 08:32
-
Ispaniyada Ukraina IIV sobiq xodimi o‘lik holda topildi
Jahon | 08:15
-
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tartibi o‘zgardi
O‘zbekiston | 07:55
Mavzuga oid

15:10 / 28.04.2025
O‘zbekistonda Boshqirdiston kompaniyalarini joylashtirish uchun qo‘shma texnopark tashkil etiladi

23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi

23:36 / 25.05.2024
Boshqirdiston va O‘zbekiston 95 banddan iborat hamkorlik yo‘l xaritasini imzoladi

16:03 / 18.01.2024