Vashington Kiyevga 1 mlrd dollarlik kredit kafolati beradi

Iqtisodiyot 07:23 / 21.09.2016 3462

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Poroshenko bilan BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasi doirasida o‘tkazgan uchrashuvida Amerika hukumati Kiyev ma'muriyatiga 1 mlrd dollarlik kredit kafolati berishga tayyorligini bildirdi, deb xabar qilmoqda Ukraina prezidenti sayti. 

«Vitse-prezident Bayden Ukrainaga 1 mlrd dollarlik kredit kafolati berishga tayyorligini bildirdi. Chunki, Ukraina buning uchun zarur barcha shartlarni bajargan», — deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan Poroshenko Ukrainaga XVJning uchinchi transhini o‘tkazishning muhimligini qayd etib, islohotlarni davom ettirish borasida qat'yatini ta'kidlagan. 

Siyosatchilar shuningdek, Donbassdagi vaziyat va Minsk kelishuvlarining ijrosini ham muhokama etishgan. 


 

Ko‘proq yangiliklar: