OAV: Anjyelina Joli Bred Pittni farzandlari uchun xavfli ota deb atadi

Iqtisodiyot 10:34 / 21.09.2016 9312

Hollivud yulduzi Bred Pitt giyohvand moddalar va alkogol ta'sirida tez jahli chiqib turishi oydinlashdi. Shunga muvofiq uning rafiqasi Anjyelina Joli u bilan ajrashayotganining asosiy sababi ana shunda ekanligini aytib o‘tgan. Bu haqda TMZ yangiliklar resursi ma'lum qilgan.

TMZ bu ma'lumotlarni Pittga aloqasi bo‘lgan manbadan olgan. Ular aktrisa tomonidan qo‘yilgan ayblovlarni “quruq safsata” deb atashgan. "Bred – o‘z bolalarini hech qachon xavfga qo‘ymagan va qo‘ymaydigan otadir", - deyiladi manbalar bergan ma'lumotda.

Avvalroq ma'lum qilinganidek, taniqli yulduzlar  Anjyelina Joli va Bred Pitt juftligi o‘n bir yillik munosabat va ikki yil qonuniy nikohdan so‘ng  ajrashayotgani, aktrisa  olti farzandni o‘z qaramog‘iga olishni so‘rayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: