Obama Rossiyaga qo‘shni davlatlar ishiga aralashmaslikni maslahat berdi

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga tashqi siyosatni yurgazish borasida maslahat berdi. Obamaning bu haqda BMT Bosh assambleyasida 20 sentabrda aytgan so‘zlari Yahoo News tomonidan keltirilmoqda.
"Imperiyalar davri ortda qoldi, biroq Rossiya kuch bilan avvalgi mahobatini tiklashga urinmoqda. Rossiyaning o‘ziga qo‘shni davlatlar ishiga aralashuvi balki mamlakat ichida yaxshi qabul qilinar, balki millatchilik alangasini qo‘llab-quvvatlar, biroq vaqt o‘tgach, bu uning chegaralarini zaiflashtirib, xavfsizlik darajasini kamaytiradi", deb aytdi Obama.
G‘arb va dunyoning bir qator davlatlari Rossiyani Ukraina sharqidagi ixtilofga aralashuvda ayblamoqda. Bu yerda mahalliy ayirmachilar Kiyevdan mustaqil ikkita respublika yaratishganini e'lon qilishgan. Moskva esa bu ixtilofga aloqadorligini qat'iyan inkor qilib keladi.
Mavzuga oid

13:01
YeI Ukraina qurollari uchun Rossiya daromadlaridan 1 mlrd yevro ajratadi

12:01
Germaniya Kiyevga beriladigan qurol-yarog‘ haqidagi ma’lumotlarni qisqartiradi

11:19
Peskov: Agar nyuanslar hisobga olinsa, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi

11:17