Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Afg‘onistonda amalga oshirilgan havo hujumi oqibatida IShID jangarilari yo‘q qilingan

Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyatiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida IShID terrorchi guruhining kamida 29 nafar jangarisi o‘ldirilgan, deb xabar qilgan Khaama Press agentligi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, afg‘on HHK samolyotlari IShIDning Xaska Mina, Kot va Achin aholi punktlaridagi nuqtalariga bir necha marta zarbalar bergan. Amaliyot chog‘ida mahalliy aholi va xavfsizlik kuchlari xodimlari jabrlanmagan.
Nangarhar viloyatida o‘rnashib olgan IShID a'zolariga qarshi harbiy kampaniya ikki oylar muqaddam boshlangan edi. AQSh Qurolli kuchlari ham mazkur mintaqada aksilterror amaliyotlar o‘tkazib kelmoqda.
Mavzuga oid

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:42 / 14.07.2025