General Electric Argentinaga 10 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Iqtisodiyot 17:02 / 20.09.2016 4134

Amerikaning General Electric (GE) kompaniyasi kelasi 10 yil mobaynida Argentinaga 10 mlrd dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi kompaniya raisi o‘rinbosari Jon Rays bayonotiga asoslangan holda. 

Qayd etilishicha, so‘nggi 4 oy mobaynida GE mamlakatga 1,2 mlrd dollar, xususan issiqlik elektrstansiyalari qurilishiga 900 mln dollar, 7ta samolyotni xarid qilishni moliyalashtirish maqsadida Aerolineas Argentinas davlat aviakompaniyasiga kredit sifatida 280 mln dollar mablag‘ kiritgan. 

Bundan tashqari, GE kompaniyasiga ko‘ra, uning sarmoyalari har yili 1 GVtga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqish imkonini beruvchi 7ta elektrstansiyasini barpo etish imkonini beradi. GE shuningdek, Argentinaning YPF davlat kompaniyasi bilan Neuken va Tukuman viloyatlarida qo‘shma zavodlar qurish bo‘yicha kelishib olgan.

O‘tgan haftada Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tgan biznes forumda Germaniyaning Siemens AG muhandislik guruhi ham Argentina infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan gaz-bug‘ elektrstansiyalarini barpo etishga 5,6 mlrd dollar sarmoya kiritish xohishini bildirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: