Rossiyada uchta bank litsenziyasi qaytarib olindi

Iqtisodiyot 14:13 / 19.09.2016 4879

Rossiya banki Rosinterbank, Finprombank va RKB banklarining litsenziyasini chaqirib oldi, deyiladi Markaziy bank saytida. 

Rosinterbank RF banklari tizimida 68 o‘rinda, Finprombank - 94, RKB – 404 o‘rinda turgani xabar qilinmoqda. 

O‘tgan haftada Rossiya banki Rosinterbankning moliyaviy holatini tekshirish maqsadida vaqtincha boshqarish vazifasini ASVga yuklagan edi. 

"Muvaqqat boshqaruv...faoliyatining birinchi kunidan Bank rahbariyati tomonidan jiddiy qarshilikka uchragan, ya'ni "RosinterBank" OATBning elektron ma'lumotlar bazasi va aktivlarning huquqiy egaligini tasdiqlovchi axborotlarni ko‘rib chiqishga imkon berilmagan. Shunga ko‘ra, moliyaviy sog‘lomlashtirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan", - deyiladi MB xabarida. 

Ko‘proq yangiliklar: