Olland teraktlarning oldini olish uchun nimalar zarurligini bildirdi

Fransiya prezidenti Fransua Ollandning fikricha, qo‘poruvchiliklarning oldini olish va terrorizmga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha mablag‘lar zarur. RIA Novosti axborot agentligining xabar qilishicha, fransuz davlat rahbari Parijdagi teraktlar qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan anjumanda shunday fikrni bildirgan.
«Biz amalga oshirilgan harakatlarimizning barqarorligini ta'minlashimiz zarur. Men, qo‘poruvchiliklarning oldini olish, ularga xalaqit berish va barham berish borasidagi barcha vositalar haqida so‘zlayapman. Bularning barchasi doimiy ishlashni talab qiladi. Buning uchun hatto, men qabul qilgan choralarni kuchaytirish uchun qo‘shimcha zaxiralar ham talab qilinadi», — degan Olland.
Prezident shuningdek, terakt qurbonlari uchun kafolat jamg‘armasi qoidalari va uning faoliyatiga o‘zgartishlar kiritilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid

20:12
Parijda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi - foto

11:20
Makron ittifoqchilarni Kiyev uchun kafolat rejasini ishlab chiqishga chaqirdi

22:44 / 11.03.2025
Fransiya Ukrainaning qurolsizlantirilishiga qarshi ekanini ma’lum qildi

14:38 / 11.03.2025