Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti lavozimiga Parlamentning vitse-spikeri Sarvar Otamurodov nomzodi taqdim etildi
"Milliy tiklanish" Demokratik partiyasi O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Sarvar Otamurodov nomzodini ilgari surmoqda. Bu haqida MSK o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma'lum qildi.
"Milliy tiklanish" O‘zMTDP Markaziy Kengashining yettinchi plenumida shunga doir qaror qabul qilindi.
Partiya Plenumining majlisida "Milliy tiklanish" O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Sarvar Otamurodov nomzodini taqdim qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti saylovlari 2016 yilning 4 dekabrida bo‘lib o‘tadi.
Sarvar Sa'dullayevich Otamuratov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Ma'lumoti - oliy. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini (hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti) a'lo baholarga tamomlagan. 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 2003 yilda esa - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ijtimoiy fanlar nomzodi. O‘zbekiston "Milliy tiklanish" Demokratik partiyasi (O‘zMTDP) Markaziy Kengashi raisi.
2000 yilda u "Ijtimoiy faol yoshlarning milliy ongi va uning Mustaqil O‘zbekiston sharoitida shakllanishi" (ijtimoiy tahlil) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
1995-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta-iqtisodiy bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2006-2010 yillarda sug‘urta kompaniyalarida ishlagan.
2010-2014 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati, Byudjyet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi rais o‘rinbosari.
2015 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spiker o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatadi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha Qo‘mita a'zosi.
Sarvar Otamurodov bir qator ilmiy monografiyalar va 50dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.
Oilali. Ikki farzandning otasi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilindi
O‘zbekiston | 15:52
-
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27
-
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 15:19
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

10:26 / 07.07.2025
Tramp Maskning yangi partiya yaratish g‘oyasini «kulgili» deb atadi

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

09:35 / 22.08.2024
Ekspert guruhlari O‘zbekiston siyosiy partiyalari taqdim etgan imzo varaqalarini ko‘zdan kechirdi

14:11 / 21.08.2024