Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik talabaning ixtirosi dunyodagi millionlab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin

22 yoshli britaniyalik talaba deyarli barcha sharoitlarda foydalanish mumkin bo‘lgan portativ qurilmani ixtiro qildi. Uning ixtirosi mobil sovutgich sanaladi. Olimlar fikricha, qurilmaning asosiy foydali jihati – zarur haroratda dori vositalarini saqlash imkoniyatidir.
Qurilma muallifi Lafboro universiteti talabasi Uill Brodvey. Yosh ixtirochining aytishicha, u o‘z texnologiyasi ortidan foyda ko‘rish niyatida emas. «Men doim insonlarga chinakamiga zarur bo‘lgan buyumni yaratishni orzu qilganman. Endi menda bu imkon bor», — deydi talaba.
Uill yaratgan ixtirosi uchun rag‘batlantirildi. Yosh kashfiyotchi butun dunyo bo‘ylab ixtirochi-talabalar o‘zaro bellashadigan an'anaviy Dayson mukofotini qo‘lga kiritdi. Mobil sovutgich 30 kun davomida Tselsiy bo‘yicha 2dan 8gacha bo‘lgan muqobil haroratni ko‘tara oladi.
Qurilma qashshoqlik va mojarolar botqog‘idagi mamlakatlarda yanada kerakli bo‘ladi. Texnologiya ammiak va suvni isitish natijasida ishlaydi. Natijada bug‘ hosil bo‘ladi va asosiy yerga sovuqlikni yetkazib beradi. Uillning hisobi bo‘yicha, mobil sovutgich yiliga 1,5 milliondan ortiq insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin.
Ayni damda Uill o‘z o‘qishini tamomlashga bor e'tiborini qaratgan. Shundan so‘ng u o‘z ixtirosini mukammallashtirish istagida. Hozircha mobil sovutgich faqat vaksinalarni tashish uchun ishlatiladi. Biroq Uill ayrim o‘zgarishlar texnologiya imkoniyatlarini kengaytirishiga ishonch bildirmoqda.
«Transplantatsiya uchun donorlik qonlari, tana a'zolari – bularning barchasi hali ham uzoq muddatgacha sovuq haroratda saqlab bo‘lmaydigan sovutilgan paketlar yordamida olib kelinadi. Mening sovutgichim bu va boshqa muammolarga yechim topadi», — deb aytdi Uill.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real»da yangi himoyachi, APL klublari hujumni kuchaytirmoqda. So‘nggi transfer xabarlari
Sport | 11:12
-
Germaniya: Rossiya va Belarus migratsiyadan qurol sifatida foydalanyapti
Jahon | 11:10
-
O‘zbekistonga chet davlatdan pul o‘tkazmalari kiberjinoyatchilar hujumiga uchramoqda
O‘zbekiston | 10:52
-
AQSh energetika vaziri: Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar «juda real»
Jahon | 10:44
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

22:31 / 24.06.2025
Yaqin yuz yilda qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkin

00:30 / 23.06.2025
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi

11:46 / 21.06.2025