Angliya banki qayta moliyalash stavkasini o‘zgartirmadi

Iqtisodiyot 18:35 / 15.09.2016 5285

Angliya banki avval kutilganidek, qayta moliyalash stavkasini yillik 0,25 foiz darajasida saqlab qoldi. Buyuk Britaniyaning Bosh moliyaviy muassasasi saytida shu haqda xabar qilinmoqda. 

Shuningdek, Angliya bankining aktivlarni xarid qilish bo‘yicha avvalgi limiti - 435 mlrd funt sterling ham o‘z holicha saqlangan.

Angliya banki bu mablag‘larni Buyuk Britaniyaning bozordagi davlat obligatsiyalarini xarid qilishga yo‘naltiradi. Bu esa, ushbu qog‘ozlarning narxini bir maromda ushlab turadi hamda ularning daromad keltirish darajasini past ko‘rsatkichda saqlaydi. 


 

Ko‘proq yangiliklar: