Sport | 12:52 / 15.09.2016
5558
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilgi YeChL finaliga Kiyev mezbonlik qiladi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Kiyev shahri 2018 yilgi YeChL finalini qabul qilishini tasdiqladi.

"Yevropa chempionlar ligasi finali 2018 yili Ukrainada o‘tkaziladi!

UYeFA YeChL-2018 finalini Kiyevda o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu biz uchun, Ukraina xalqi uchun ajoyib yangilik.

Ishonamanki, biz finalni oliy darajada o‘tkazib beramiz", deya yozgan Poroshenko ijtimoiy tarmoqda.

Mavzuga oid