Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Odnoklassniki" beadab so‘zlarga qarshi kurashmoqda

"Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘i beadab so‘zlarga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Ijtimoiy tarmoq bu yil videoga qoldirilgan sharhlarda beadab so‘zlarni “*” belgilari bilan almashtiradigan sozlanmani ishga tushirgan edi. Endi esa bu sozlanma guruhdagi sharhlar uchun qo‘llanila boshlandi.
Guruhlardan beadab so‘zlarni olib tashlash uchun guruh sozlanmalarining “Oshkoralik” parametrida “Guruh sharhlaridagi beadab so‘zlarni berkitish” sozlanmasi qo‘shildi.
Bu sozlanma yoqilganidan so‘ng guruhdagi munozaralar, rasmlar va videolarga qoldirilgan sharhlarda topilgan barcha beadab so‘zlar “*” belgisiga almashtiriladi. Sozlanma xozircha faqat rus tilida ishlaydi, ammo yaqin orada boshqa tillar uchun ham qo‘llanila boshlanadi. Sozlanma ishlatilganida beadab so‘zlar bilan sharh qoldirgan kishi ushbu sharhni o‘zgarishsiz ko‘radi, qolgan foydalanuvchilar esa bu so‘zlarni ko‘rishmaydi.
Bu sozlanma guruhning barcha ishtirokchilari va mehmonlarida beadab so‘zlarni berkitish sozlanmasi yoqilmagan bo‘lishiga qaramay ishlayveradi.
Muhim qaydlardan biri, sozlanma rasmlarda, GIF-tasvirlar va videolardagi beadab so‘zlarni berkita olmaydi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkent va Kolombo o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:28
-
Rossiya avgustdan Ukraina bilan chegaradagi 20 ta o‘tish joyini yopadi
Jahon | 15:20
-
Pekinda suv toshqinlari oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Jahon | 15:00
Mavzuga oid

19:29 / 21.06.2018
Facebook guruhlarga pullik obunani yo‘lga qo‘ydi

21:18 / 20.03.2017
«VKontakte» hamjamiyatlarga pul o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘ydi

21:10 / 15.03.2017
Litseylardagi o‘quv guruhlaridagi o‘quvchilar soni cheklanadi

13:05 / 26.09.2016