Buyuk Britaniyada yangi besh funtli pul muomalaga chiqarildi

Iqtisodiyot 13:45 / 13.09.2016 6788

Yangi besh funt sterling qiymatidagi banknota egiluvchan polimer plyonkadan tayyorlangan bo‘lib, 13 sentabrdan boshlab Birlashgan Qirollikda muomalaga kiritildi. 

Dunyoga mashhur bosh vazir Uinston Cherchill surati tushirilgan plastik puldan 440 million dona ishlab chiqarilgan.

Do‘konlar eski va yangi banknotalarni birdek qabul qiladigan o‘tish davri 2017 yil may oyiga qadar davom etadi. Shundan so‘ng, eski besh funtliklarni Angliya bankida almashtirish mumkin bo‘ladi. 

Yangi plastik pulning taqdimoti iyun oyi boshlarida Cherchill tavallud topgan Malboro gersoglar oilasi mulkida bo‘lib o‘tgan edi. 

Angliya banki 2017 yilda 10 funt sterling, 2020 yilda 20 funtli plastik pullarni chiqarishni rejalashtirmoqda. 

Polimer materialdan yasalgani uchun yangi pul belgisiga suv yuqmaydi, shu bilan birga undan ko‘proq foydalanish mumkin bo‘ladi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: