Rossiya IIV polkovnigining uyidan sakkiz mlrd rubl musodara qilindi

Rossiya tergovchilari, mamlakat IIV "T" boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Zaxarchenkoning uyida tintuv o‘tkazishganda, uning uyidan 8 mlrd rublga teng xorijiy valyuta musodara qilingan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti huquq idoralaridagi manbasiga tayangan holda.
"Polkovnik Zaxarchenkoning uyidagi tintuv hozirgina yakunlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, undan yirik miqdorda dollarlar olingan. Xorijiy valyuta qiymati 8 milliard rublga yaqin", — degan manba agentlik bilan suhbatda.
"Mablag‘ning yakuniy miqdori ma'lum emas. Hozircha faqat uydagi naqd pul musodara qilindi. Bu yo‘nalishda ish olib borilayapti", — deb qayd etgan manba.
Rossiya IIV korrupsiyaga qarshi kurash rahbari o‘rinbosari Zaxarchenko yirik miqdorda pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan edi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025