Avgust oyida Rossiya bozorida Ravon brendidagi qancha mashina sotilgani ma'lum qilindi

Iqtisodiyot 19:11 / 08.09.2016 28868

Rossiya Federatsiyasida avgust oyida 113 749 dona yengil va yengil tijorat avtomobillari sotilgan. Bu 2015 yilning shu davriga nisbatan 18 foizga kam demakdir, deya xabar qilgan Yevropa biznesi avtomobil ishlab chiqaruvchilari  Assotsiatsiyasi. 

Umuman, 2016 yil yanvar-avgust oylarida 895 357 dona yangi mashina sotilgan bo‘lib, bu borada ham o‘tgan yilning sakkiz oyiga nisbatan 14,9 foizga pasayish kuzatilgan.

Jadvalda, O‘zbekistonning Uz-Daewoo qo‘shma korxonasi mahsulotlari rasman 2016 yil iyulidan boshlab Rossiya hududida savdolarini to‘xtatgan, uning o‘rniga Ravon brendi ostida avtomobillar yetkazib berila boshlandi. 

Hisobotga ko‘ra, avgust oyida mazkur brend ostida ishlab chiqarilgan mashinalardan atigi 237ta sotilgan. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil modellarining hech biri Rossiya avto bozorida eng ko‘p sotilgan 25ta mashina ro‘yxatiga kira olmagan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: