O‘zbekiston, Avstraliya va Saudiya Arabiston JCh-2018 tomon yana bir qadam tashlashdi

6 sentabr kuni JCh-2018 saralashi doirasida Osiyo qit'asidagi bahslar davom etdi. A va V guruhlarida ikkinchi tur o‘yinlaridan keyin O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va Avstraliya terma jamoalari yo‘qotishlarsiz borishmoqda.
«A» guruhida O‘zbekiston 6 ochko bilan yaqqol yetakchi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-turni safarda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.
«A» guruhidagi dastlabki o‘yinda Xitoy terma jamoasi Eronni qabul qilgan, uchrashuvda hisob ochilmagandi. Neytral maydonda o‘tkazilgan Suriya — Janubiy Koreya bahsi ham 0:0 hisobidagi durang bilan tugagan.
O‘zbekistonlik futbolchilar JCh hal qiluvchi saralash bosqichini o‘z tarixida birinchi marta ketma-ket 2 g‘alaba bilan boshlashdi. 1-turda Samval Babayan qo‘li ostidagi jamoa Suriyani xuddi shunday hisobda mag‘lub etgandi.
Ayni vaqtda guruhda Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari 4tadan ochko bilan 2-3 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Xitoy va Suriyada bittadan ochko mavjud. Hali ochko olmagan Qatar oxirgi o‘rinda.
«V» guruhini esa Avstraliya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari boshqarmoqda. Avstraliya 2-turda Keyxillning goli evaziga BAAni, Saudiya Arabistoni esa o‘yinning oxirida 2 marta penaltidan gol urib Iroqni mag‘lub etdi.
Tailandga safar qilgan Yaponiya 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu guruhda Saudiya va Avstraliyadan keyin 3 ochko to‘plagan holda Yaponiya va BAA joylashgan. Iroq va Tailand hali ochko olmadi.
Ma'lumot uchun, saralash bahslari yakuniga ko‘ra, guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar 2018 yili Rossiyada bo‘ladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi, 3-o‘rin egasi esa pley-off bahslarida qatnashadi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Amerika Ovozi» kelasi haftada eshittirishlarini davom ettirishi mumkin
Jahon | 19:51
-
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi
Jahon | 19:15
-
Jamiyatda jurnalist mehnati hurmat qilinadigan muhitni saqlab qolish muhim - Sherzod Asadov
O‘zbekiston | 18:12
-
Dunyodagi eng katta to‘g‘on Yerning aylanishini sekinlashtirdi
Jahon | 18:01
Mavzuga oid

18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin

23:52 / 22.03.2019
Fotojamlanma: O‘zbekiston milliy olimpiya jamoasining zafarli startidan yorqin lahzalar

08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi

12:53 / 09.11.2018