YuNIDO ma'ruzasi: O‘zbekistonda daromad darajasi o‘rtachadan quyi mamlakatlar guruhida

Iqtisodiyot 21:20 / 07.09.2016 20305

O‘zbekiston daromad darajasi o‘rtadan quyi (pastga yaqin o‘rta) mamlakatlar sirasida qayd etilgan (1 046 – 4 125 AQSh dollari). Bu haqda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO) 2016 yil uchun ma'ruzasida ma'lum qilingan.

Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida Rossiya, Estoniya, Litva va Latviya daromad darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatorida (12 746 AQSh dollaridan boshlanadi).

Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Belarus daromad darajasi o‘rtadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar. Bu Yalpi milliy daromad (YaMD) 4 126 dollardan 12 475 dollargacha bo‘lgan mamlakatlar hisoblanadi.

Aholi jon boshiga daromadlar darajasi pastga yaqin o‘rta bo‘lgan guruhda O‘zbekistondan tashqari Armaniston, Moldova, Qirg‘iziston, Ukraina va Gruziya ham bor.

Tojikiston esa to‘rtinchi guruhda. Bu guruhdagi mamlakatlarda Yalpi milliy daromad  1 045 dollar va undan kam bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: