Eron neft qazib olishni ko‘paytirishda davom etadi

Iqtisodiyot 18:49 / 07.09.2016 4938

Neft qazib olish bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri, Eron Islom Respublikasi yaqin oylarda “qora oltin” qazib olish hajmini ko‘paytirish niyatida, deya xabar qilmoqda CNBC telekanali.

Shu yil bilan mamlakat hukumati Rossiya va Saudiya Arabistoni hukumatlari o‘rtasida neft bozoridagi narx-navoni barqarorlashtirishga qaratilgan qazib olish hajmini qisqartirish to‘g‘risidagi bitimga e'tibor bermaslikka qaror qilgan. 

«Bizning qazib olish tezligimiz bugungi kunda 3,8 mln barrelni tashkil etmoqda. Sanktsiyalar joriy qilinguncha bu raqam bir kecha-kunduzda 4 mln barreldan ortiq edi», — deyiladi Eron milliy neft kompaniyasi (NIOC) xabarida.

Bundan tashqari, Eron yaqin orada neft bozoriga yangi navdagi xom-ashyoni chiqarmoqchi. 


 

Ko‘proq yangiliklar: