Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin prezidenti Obamani qattiq haqorat qildi

Filippin prezidenti 5 sentabr kuni Laosda o‘tadigan Sharqiy Osiyo sammiti arafasida bergan matbuot anjumani vaqtida amerikaliklar prezidenti Barak Obamani "fohishaning o‘g‘li" deb atadi va uni sammit vaqtida la'natlashga va'da qildi. U amerikalik hamkasbiga inson huquqlari bo‘yicha maslahatlari bilan "har yerga burun tiqmaslik"ni maslahat bergan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu bayonotga Obama sammitda Filippinda Duterte saylanganidan keyin jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida 2 mingdan ortiq kishining o‘ldirilganini ko‘tarib chiqmoqchiligi sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, G20 sammiti vaqtida Obama Filippindagi giyohvandlik va jinoyatchilik muammolarini jiddiy muammolar sifatida keltirib o‘tgan.
"Men suveren davlat rahbariman. Biz endi mustamlaka emasmiz. Menga Filippin xalqidan boshqasi xo‘jayinlik qila olmaydi. U hurmat ko‘rsatishi lozim. Bayonotlar va savollarni havoga yo‘llash kerak emas. Fohishaning o‘g‘li, men bu sammitda seni la'natlayman", — degan u.
Sammit doirasida Obama Duterte bilan uchrashuv o‘tkazib, Filippinda inson huquqlariga rioya etilishi muammolarini ko‘tarishi kutilmoqda.
Bu chiqishdan keyin Oq uy bu ikki siyosatchining uchrashuvi o‘tkazilishiga shubha bildirgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tartibi o‘zgardi
O‘zbekiston | 07:55
-
Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va YeI munosabatlariga zarba berdi
Jahon | 07:40
-
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi
O‘zbekiston | 07:28
-
Maxsus xizmat: Germaniyada Rossiyaning josuslik urinishlari ko‘paydi
Jahon | 07:24
Mavzuga oid

10:57 / 22.10.2020
AQSh saylovlari: Obama Baydenni ilk marta ommaviy tarzda qo‘llab-quvvatladi

23:05 / 10.11.2017
Filippin prezidenti yoshligida qotillik sodir etganini tan oldi

10:43 / 08.03.2017
Tramp yana xato qildi: Obamani 113 nafar terrorchini ozod qilishda aybladi

19:34 / 07.03.2017