Rossiya va Saudiya Arabistoni neft bozoridagi narxni barqarorlashtirish bo‘yicha bayonot imzoladi

Iqtisodiyot 18:01 / 05.09.2016 6967

Rossiya va Saudiya Arabistoni energetika vazirlari neft bozoridagi narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha hamkorlik bayonotini imzolagan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Bayonot Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak va Saudiya Arabistoni qirolligi sanoat va mineral resurslari vaziri Xolid ibn Abdul Aziz al-Falah tomonidan imzolangan.

Tomonlar boshqa neft ishlab chiqaruvchilar bilan bozordagi barqarorlikni ta'minlash uchun hamkorlik qilishga kelishishgan.

«Bundan tashqari, vazirlar neft bozoridagi vaziyat bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishga hamda neft bozoridagi holatni yoritib borish uchun monitoring ishlarini olib boruvchi ishchi guruh tashkil qilishga kelishib olishgan», — deyilgan xabarda.

4 sentabr kuni Vladimir Putin G20 sammiti doirasida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi o‘rinbosari Muhammad bin Salmon bilan uchrashgan, shahzoda Saudiya Arabistoni va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik ikki mamlakatga ham «kelgusida neft bozoridagi voqealar rivojidan ko‘plab naf olishga erishish»ga imkon berishiga ishonch bildirgandi. 

5 sentabr kuni ICE birjasida noyabrda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft qiymati 5 foizdan oshiqroq qimmatlab, bir barreli uchun 49,38 dollarga yetdi. 

Ko‘proq yangiliklar: