«Gazprom» 2016 yilda Osiyoda sotib oladigan tabiiy gaz miqdori 15 mlrd kubometrni tashkil etadi

Iqtisodiyot 18:41 / 04.09.2016 7651

Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi 2016 yili Osiyoda 15 mlrd kubometr gaz sotib olishni rejalashtirgan. Bu haqda «Gazprom Eksporta» rahbari o‘rinbosari Mixail Malgin telefon orqali tashkil qilingan konferensiya chog‘ida ma'lum qilgan.

«Biz 15 mlrd kubometro gaz sotib olmoqchimiz», degan u savollardan biriga javob bera turib.

2016 yilning yanvarida «Turkmengaz» davlat konserni matbuot xizmati «Gazprom Eksport» kompaniyasi 2016 yildan boshlab ulardan gaz sotib olishni to‘xtatgani, kompaniya bundan buyon O‘zbekiston gazini xarid qilish hajmini oshirishi haqida xabar bergandi.

Keyinroq O‘zbekiston gazini sotib olish hajmi oshirilishi bo‘yicha kelishuv 2015 yil dekabrida amalga oshirilgani, unga ko‘ra 2016 yilda O‘zbekiston tomoni kompaniyaga Turkmaniston 2015 yili sotgan 3,1 mlrd kubometr miqdorida tabiiy gaz eksport qilishi ma'lum bo‘ldi.

«Gazprom» 2001 yildan beri O‘rta Osiyo gaz ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2014 yilda «Gazprom» tomonidan O‘rta Osiyoda 29,52 milliard kubometr gaz sotib olingan. Shundan 10,98 mlrd kubometri Turkmanistondan, 7,38 mlrd kubometri O‘zbekistondan va 10,95 mlrd kubometri Qozog‘istondan. 2015 yili esa kompaniya import hajmini keskin kamaytirgandi.

Gazprom tomonidan sotib olinayotgan gaz «O‘rta Osiyo – Markaz» (SATs) gaz quvuri orqali transportirovka qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: