Samsung Electronics Co Ltd giganti texnik nosozlik tufayli Galaxy Note 7 smartfonlarining global qaytaruvi haqida e'lon qiladi. Bu haqida 2 sentabr kuni Janubiy Koreyaning Yonhap News agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarining batareyalarini almashtirishi kutilmoqda. Qancha telefonlarning batareyasini almashtirishga to‘g‘ri kelishi esa hozircha noma'lum.