Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atambayev: Xalqimiz so‘yilish uchun taka ortidan yuradigan qo‘y emas

Qirg‘iziston Respublikasi davlat rahbari Almazbek Atambayevning mamlakat mustaqilligi tantanasida qilgan ma'ruzasida bayonot berishicha, «qirg‘iz xalqi taka ortidan kushxonaga yuradigan qo‘y emas».
Prezidentning xotirlashicha, 10 yil muqaddam, u Bishkekdagi bosh maydonda To‘qmoq go‘sht kombinati direktori so‘zlab bergan hikoyani aytib bergan.
«Uning hikoya qilishicha, sovet davrida qo‘ylarni tok bilan o‘ldirishgan, jonivorlar o‘lim hidini sezib, kushxonaga kirmay qolishsa, maxsus o‘rgatilgan echki qo‘ylarni ortidan ergashtirib, o‘zi maxsus eshikdan chiqib ketgan», - deya takrorlagan Almazbek Atambayev.
Davlat rahbari, ushbu hikoya bilan bugungi kunni taqqoslab, aksariyat kishilar, xususan o‘zi ham bir necha bor aldanganini ta'kidlagan.
«Biroq, qirg‘izlar taka ortidan yuradigan xalq emas, bo‘lmaydi ham», - deya uqdirgan prezident.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatning yangi davlat rahbari, mamlakatni talon-taroj qilib, boshqaruvning oila-qarindoshlik usulini tashkil etgan Akayev va Bakiyevlar yo‘lidan bormasligi uchun respublika Konstitutsiyasini referendum vositasida o‘zgartirish lozim.
«Boshqa davlatlardan maosh olib turuvchi Akayev aspirantlari va Bakiyev advokatlari», Azimjon Asqarov va Qodirjon Botirovlarni qo‘llab-quvvatlayotganlarga kelsak, - degan prezident, - ular ham Akayev va Bakiyev kabi juftakni rostlashadi».
«Agar biz bitimni saqlab, birligimizni mustahkamlasak, 7-aprelda tanlagan yo‘limizdan dadil yursak, bu firibgarlar, «it hurar, karvon o‘tar» deyilganidek, itlar kabi hurib-hurib, g‘oyib bo‘lishadi», - xulosa qilgan Almazbek Atambayev.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda
Jahon | 22:34
-
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi
Jahon | 22:16
-
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?
Jahon | 21:27
-
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 21:25
Mavzuga oid

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

15:47 / 01.07.2025
Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlandi

15:31 / 01.07.2025