Estoniya prezident saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘olib aniqlanmadi

Jahon 17:57 / 30.08.2016 3464

30 avgust kuni Estoniya parlamentida prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi natijasiz yakunlandi. Bu haqida Interfaks xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Respublika saylov komissiyasida (RSK) uch nomzoddan biror biri hatto uchdan ikki foiz ovoz to‘plashga ham muvaffaq bo‘lmagan.

Parlament deputati, Markazning eng yirik oppozitsion partiyasi rais o‘rinbosari, sobiq ilm-fan va ta'lim vaziri Maylis Reps - 32 ovoz, sobiq huquq kansleri, hozirda esa advokat Alar Yoks – 21 ovoz, yetakchi hukmron Islohotlar partiyasi faxriy raisi Siim Kallas esa 45 ovoz to‘pladi. Bir byulleten bo‘sh bo‘lib chiqdi. 

RSKda ta'kidlashlaricha, saylovlarning uchinchi bosqichi soat 16:00da boshlanadi. Unda ikki nomzod ishtirok etadi: Kallas va Reps. 

Agar uchinchi bosqichda ham g‘olib aniqlanmasa, u holda parlament raisi keyingi kundan kechiktirmay 101 nafar parlament a'zosi va 234 nafar mahalliy boshqaruv idoralari xodimlaridan iborat Kollegiyani chaqiradi. Unda ovoz berish ikki bosqichda amalga oshiriladi, ikkinchi tur natijalari bo‘yicha eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod g‘olib bo‘ladi. 

Joriy prezident Tomas Xendrikning vakolati shu yilning oktabrida nihoyasiga yetadi. U bu lavozimni ikkinchi marta egallashi, shu bois konstitutsiyaga muvofiq, uchinchi marta saylanish huquqiga ega emas. 

Ko‘proq yangiliklar: