O‘zbekiston iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflash xalqaro tizimiga o‘tadi

Iqtisodiyot 17:00 / 29.08.2016 8247

O‘zbekiston 2017-yil 1-yanvardan iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tadi. Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Yevropa Ittifoqining iqtisodiy faoliyat turlarini statistik tasniflash negizida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflashini joriy qiladi.

Davlat boshqaruvi organlarining idoralararo o‘zaro hamkorligida, statistika, soliq va moliyaviy hisobot shakllarida Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat toifalash standartidan foydalanishi majburiydir.

Yuridik shaxslar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi va ular bilan ishlovchi davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarida Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichidan foydalanishini yo‘lga qo‘yish uchun, u “Elektron hukumat” tizimining ma'lumotlari va klassifikatorlari registriga kiritiladi.

Ushbu qaror 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: