OTB Qozog‘istonga 240 million dollar kredit ajratadi

Iqtisodiyot 10:29 / 29.08.2016 4673

Osiyo Taraqqiyot banki Qozog‘iston transport tizimini modernizatsiya qilishda ko‘mak berish maqsadida 240,3 million dollarlik kredit liniyasini ajratishga qaror qildi. Mazkur infratuzilma respublikaning Sharqiy Osiyo bozorlari, Kaspiy mintaqasi hamda Yevropa bilan savdo aloqalarini kengaytirishga imkon berishi kerak, deb xabar qilgan OTB matbuot xizmati. 

Qayd etilishicha, loyiha doirasida Aqto‘be-Makat yo‘lining 300 kmga yaqin vayrona holiga kelib qolgan qismi tiklanadi. Shu bilan Ostona va Aqto‘be shaharlari o‘rtasidagi transport aloqasi qaytadan yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, yirik neft qazib oluvchi va mineral tabiiy zaxiralarga boy Atirau hamda mamlakatning yagona xalqaro savdo porti Aktau shaharlari o‘zaro bog‘lanadi. 

OTB ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur magistral yo‘l  Boku – Astraxan – Atirau – Aqto‘be – Aktau — Turkmaniston chegarasi Transkaspiy tranzit yo‘lagi hisoblanib, Qozog‘istonni g‘arbda Ozarbayjon va Yevropa bilan, shimolda Rossiya, janubda Turkmaniston bilan bog‘laydi.

Ko‘proq yangiliklar: