Amerikalik harbiylar Yevropada adashib qolishdi

AQShning sara qo‘shinlarining 2 nafar harbiysi Yevropada adashib qoldi. Ular Lixtenshteyn knyazligi o‘rniga Germaniyaning Saksoniya yeriga kelib qolishgan. Bu haqda Deutsche Wirtschafts Nachrichten nashriga iqtibos keltirgan holda RT xabar bermoqda.
Germaniyaning Lixtenshteyn shaharchasidagi qo‘g‘irchoqlar muzeyi egasi Yorg Fleming uning muzeyiga ikki amerikalik harbiy kirib, shahar qayerda joylashganini so‘rashgan. Aniqlanishicha, ular Lixtenshteyn knyazligi bilan Germaniyadagi shaharchani joylarning nomidagi bitta harf tufayli adashtirib qo‘yishgan va oqibatda mo‘ljaldan 600 km ga adashishgan. Gap shundaki, Lixtenshteyn knyazligi Liechtenstein, Germaniyadagi shahar nomi esa Lichtenstein tarzida, ya'ni bitta harf farqi bilan yoziladi.
Muzey egasi ularni temir yo‘l stansiyasiga olib borib, chegara tomon jo‘natgan. Nemis nashri Germaniyadagi AQShning Ramshtayn bazasidagi amerikalik harbiylar jangovor harakatlar vaqtida navigatsiya tizimidan hamkasblaridan muvaffaqiyatliroq foydalana olishlariga umid qilmoqda.
Mavzuga oid

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

15:51 / 16.04.2025
Germaniyadan Sirdaryodagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami jo‘natildi

13:43 / 15.04.2025