Venesuela tog‘-kon sanoatini rivojlantiradi

Iqtisodiyot 09:18 / 27.08.2016 3876

Venesuela hukumati xorijlik hamkorlar bilan tog‘-kon sanoatiga sarmoya kiritish borasida kelishib oldi. Unga ko‘ra, 5,5 mlrd dollar mablag‘ ushbu sohani rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bu haqda, mamlakat prezidenti Nikolas Maduro bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Bugun biz 5,5 mlrd dollarlik loyihalar bo‘yicha kelishuvlar va sarmoyalarga oid bitimni imzolaymiz», — degan Maduro xorijiy tog‘-kon kompaniyalari bosh menejyerlari bilan uchrashuvda. 

Aniqlik kiritilishicha, mazkur kelishuvlar, mamlakat supermarketlaridagi tartibsizliklar va oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga sabab bo‘lgan iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan. 
 

Ko‘proq yangiliklar: