Moskvadagi omborda chiqqan yong‘in oqibatida 17 nafar mehnat muhojiri halok bo‘ldi

Iqtisodiyot 13:32 / 27.08.2016 18009

Moskva shimoli-sharqidagi Altufevskiy shossesidagi omborda chiqqan yong‘in tufayli 17 kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Bu haqda poytaxt favqulodda vaziyatlar xizmati ma'lumotiga asoslanib, RIA «Novosti» xabar bermoqda. 

«Tipografik mahsulotlar omborida ro‘y bergan yong‘in oqibatida 20 kishi jabrlandi. Ulardan 17 nafari halok bo‘ldi, qolgan uch nafari shifoxonaga yotqizildi», — deb ma'lum qilgan manba.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi MDH davlatlaridan kelgan kishilardir. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish jarayonida 12 kishi qutqarilgan. Halok bo‘lganlarning barchasi mehnat muhojirlari bo‘lgan.
Ayrim manbalarning ma'lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi uxlab yotganlarida, olov tutinidan bo‘g‘ilib o‘lganligini qayd etmoqda.
 

Ko‘proq yangiliklar: