Daromadi shiddat bilan o‘sishi kutilayotgan 3 kompaniya

Iqtisodiyot 17:06 / 27.08.2016 20534

Yaqin kelajakda bu uch kompaniyaning sotuvlari ikki karra oshishi kutilmoqda. Investorlar istiqbolli investitsiyalarni izlab, ko‘pincha daromadi tez o‘sadigan kompaniyalarga e'tiborni qaratishadi. Odatda bunday firmalar divident to‘lashmaydi, ularning narxi qimmat bo‘ladi va yuqori tavakkal xavfiga ega. Boshqa tomondan, ular aksiyalar qiymatini sezilarli darajada o‘sish bilan ta'minlashga qodir. Aktsionerlik kompaniyasi kamdan-kam holatlarda sotuvni bir yilda ikki barobarga ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ladi, biroq shunday holatlar ham uchrab turadi. Insider Pro nashrining ma'lum qilishicha, Fitbit, Box va Square 2017 yilda bunga erishishga yaqin turishibdi. 

2015 yilda Fitbit'ning daromadi 1,9 milliard dollarni tashkil qilgan, bu uning daromadi 2014 yilga nisbatan (745 million)  100 foizdan ortiq o‘sganini bildiradi. Joriy yilda bilakka taqishga mo‘ljallangan fitnes-trekerlar ishlab chiqaruvchisi 2,5-2,6 milliard dollar ishlab olishi mumkin va daromad ham shunga muvofiq 35 foizga o‘sadi. Biroq  Fitbit'ning eng yaxshi kunlari hali oldinda: yaqin choraklarda daromad o‘sishi kutilganidan a'lo bo‘lib, sezilarli ravishda ortishi mumkin. 

Keng ko‘lamda oladigan bo‘lsak, sayyoramizdagi har bir yoshi katta inson Fitbit mahsulotining xaridori sifatida namoyon bo‘ladi. Kompaniya smartfon foydalanuvchilarining muhim ulushiga ega bo‘lishi mumkin. 72 foiz katta yoshli amerikaliklarda (taxminan 173 million kishi) smartfon bor. Aksariyatida trekerlar yo‘q. Sotuvning geografiyasi haqida gap ketadigan bo‘lsa, kompaniya daromadining katta ulushi (o‘tgan chorakda taxminan 80 foiz) Shimoliy Amerikadan kelib tushadi, shu bois xalqaro bozorlarga chiqish uchun ko‘p imkoniyatlar bor. O‘tgan chorakda Koreya, Yaponiya va Xitoyda rasmiy sotuvlar yo‘lga qo‘yildi.

Ehtimol, Fitbit kuchli raqobatga duch kelishi mumkindir, lekin kompaniya mahsulotiga talab saqlanib qolsa, 2017 va undan keyingi yillarda u katta daromadlarga ega bo‘lishi mumkin.

Box kompaniyasining xizmatlariga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolmoqda. 2015 moliyaviy yilda ma'lumotlarni bulutli saqlash tizimining daromadi 74 foizga, 2016 yilda esa 40 foizga o‘sdi.  Agar kompaniyaning prognozlari amalga oshsa, keyingi yilda sotuvlar taxminan 30 foizga o‘sadi, lekin Box odatda bundan-da o‘zib ketadi. So‘nggi oylarda biznes shiddat bilan rivojlanib bormoqda. O‘tgan chorakda kompaniya 5 ming nafar yangi mijozga ega bo‘ldi (kompaniya uchun maksimal o‘sish). Iyul oyida Box marketing bo‘yicha yangi direktor Kerri Palinni ishga oldi va savdo xodimlarini ko‘paytirdi. Kompaniya Box for Government va Box Zones kabi yangi mahsulotlarni yo‘lga qo‘yishda davom etmoqda.  Ikkisi ham hukumat tashkilotlari va geografik cheklangan biznes tomonidan talab bilan ta'minlab, maqsadli bozorni kengaytirishga yordam beradi.

May oyida bo‘lib o‘tgan hisobot matbuot-anjumanida Square kompaniyasining moliyaviy direktori Sara Frayar kompaniya avvalgidek gipero‘sish bosqichida ekanligini ma'lum qildi. 2015 yilda belgilangan daromad 64 foizga o‘sdi. Square'ning prognozlari aniq bo‘lib chiqsa, 2016 yilda sotuv hajmi taxminan 45 foizga o‘sadi. Daromadlarning bundan buyon o‘sishi savdo hamkorlarining muntazam ravishda o‘suvchi va yirik tarmoqlariga asoslangan. Yalpi to‘lov hajmi (YaTH) - Square to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tovarlar va xizmatlar miqdorini kuzatib boruvchi ko‘rsatkich - tezkor o‘sishda davom etmoqda. Aftidan, kichik biznes korxonalarining aksariyati ushbu kompaniya xizmatlarini tanlamoqda. O‘tgan chorakda yillik YaTH 42 foizga o‘sdi. 

II chorakda dasturiy ta'minotni amalga oshirishdan tushadigan daromad 130 foizga o‘sgani kishini hayratga soladi. Square Capital'ni o‘z ichiga olgan segment kichik biznes uchun o‘sib borayotgan takliflardan iborat. Kompaniya bozorga yangi mahsulotlarni olib chiqish va borlarini takomillashtirishda davom etmoqda. Square mijozlari soni oshgani sayin uning daromadi ham sezilarli darajada o‘sishi kerak. 

Ko‘proq yangiliklar: