«Trade Expo Indonesia 2016» halqaro ko‘rgazmasida ishtirok uchun taklif

Iqtisodiyot 18:17 / 25.08.2016 3970

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2016 yil 12-16 oktabr kunlari Indoneziyaning Djakarta shahrida o‘tkaziladigan 31-Xalqaro Savdo ko‘rgazmasiga respublikamiz ishbilarmon doiralari delegatsiyasining xizmat safari rejalashtirilmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada Indoneziyaning eksport qilinadigan barcha tarmoqlaridan ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish qiladilar. Ma'lumot o‘rnida qayd etish joizki, 2015 yilda ko‘rgazmada 1046 ga yaqin Indoneziyalik eksporterlar o‘z mahsulotlarini namoyish qilib, 14 ming nafardan ortiq xorijiy kompaniyalar ishtirok etganlar. Ushbu ko‘rgazma 5 ta asosiy yo‘nalishda tashkil etiladi. Ko‘rgazma haqida batafsil ma'lumot olish uchun Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: