FT: Jahonning yetakchi banklari yangi raqamli valyutani joriy qilishadi

Iqtisodiyot 16:14 / 24.08.2016 10585

Dunyoning 4ta eng yirik banki — UBS, Deutsche Bank, Santander, BNY Mellon — yangi raqamli valyutani ishlab chiqish uchun birlashdi, deb yozmoqda Britaniyaning Financial Times nashri o‘z manbalariga tayangan holda. Bu haqda, 24-avgust kuni rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. 

Shveytsariyaning shu kabi valyutani ilk bor amaliyotga joriy qilgan UBS banki, shu maqsadda, boshqa moliya muassasalari va Britaniyaning ICAP brokeri bilan birlashadi. Hamkorlar, uning sohaga oid kliring standarti bo‘lishi va blockchain texnologiyasi vositasida amalga oshiriladigan moliyaviy amaliyotlarni boshqarishda qo‘l kelishini aytishmoqda. 

«Bugungi kunda banklar va moliyaviy institutlar o‘rtasidagi savdo murakkab, uzoq vaqt talab etadigan va xarajatli amaliyotdir. Shu boisdan, barchamiz yirik bek-ofislarga egamiz. Gap, ish samaradorligini oshirish haqida bormoqda», — degan Santander vakili.

Ko‘proq yangiliklar: