AQShlik 1500 kishi mast holatda Kanada tomon qayiqlarda suzib ketib qoldi

Jahon 08:02 / 23.08.2016 6208

AQShlik 1500 kishi AQShning Michigan shtati va Kanadaning Ontario viloyatini ajratuvchi Sent-Kler daryosida an'anaviy tarzda har yili o‘tkaziladigan qayiqlarda suzish vaqtida noqonuniy tarzda Kanada hududiga tushib qoldi.  

Kuchli shamol shishirilgan qayiqlarni Kanada sohillari tomon olib ketgan. Qayiqlardan ba'zilari havoga ko‘tarilishi oqibatida odamlar suvga qulagan va qutqaruvchilar ularni suvdan chiqarishlariga to‘g‘ri kelgan. 

"Ular boshqa davlatga hujjatlarsiz tushib qolishgandan qo‘rquvda edilar. Ularning birortasida pasport yoki boshqa hujjatlar bo‘lmagan, ko‘pchiligi spirtli ichimliklar ichayotgan bo‘lgan", deb aytdi kanadalik qutqaruvchilar vakili Piter Garapik.

Odamlardan bir qismi AQShga qaytib suzib ketmoqchi bo‘lganda qutqaruvchilar ularni ortga qaytarib, suvdan chiqarib olishgan.

Barcha amerikaliklar Kanadaning Sarniya shahridan jamoat transportida AQShga qaytarilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: