FT: AQSh hukumati Xitoy tarixidagi eng yirik bitimni tasdiqladi

Iqtisodiyot 12:56 / 22.08.2016 10709

AQSh hukumatining investitsiyalar qo‘mitasi (CFIUS) Xitoyning kimyoviy davlat kompaniyasi ChemChina tomonidan Shveytsariyaning Syngenta AG konsernini xarid qilish kelishuvini ma'qulladi, deb yozmoqda Financial Times nashri.

Dunyodagi eng yirik agrokimyoviy kompaniyasi Shveytsariyadagi raqobatchisini xarid qilish to‘g‘risida shu yilning fevral oyida ma'lum bo‘lgandi. 

Bitim qiymati 43 mlrd dollarga baholangan bo‘lib, xorijga sarmoya chiqarish borasida Xitoy uchun mutlaq rekord hisoblanadi. 

Ta'kidlanishicha, bitimni amalga oshirish uchun ikkala kompaniya CFIUS bilan birga dunyoning yana ikkita monopoliyaga qarshi organi ruxsatini olishi kerak. 

«Kompaniyalar nazorat organlari bilan hamkorlik qilib, samarali muloqot olib borayapti», — deyiladi qo‘shma bayonotda. 

ChemChina kompaniyasida 140 mingga yaqin inson mehnat qilib, shundan 45 ming nafari Xitoydan tashqaridagi shaxobchalarida ishlaydi. Syngenta konsernida 28 mingdan ortiq xodm faoliyat yuritadi. Kompaniya dunyoning 90ta davlatida idorasiga ega. 

Ko‘proq yangiliklar: