Erkin kurash. Ixtiyor Navro‘zov yarim finalga chiqdi

Rio—2016 Olimpiadasida erkin kurash musobaqalarida 65 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik Ixtiyor Navro‘zov chorak finalda Puerto-Riko vakili Franklin Gomesga qarshi gilamga chiqdi.
Kurashning 5:37 daqiqasida, hisob O‘zbekiston vakili foydasiga 7:5 bo‘lib turgan vaqtda tortishuvli vaziyat yuzaga keldi. Puerto-Riko vakilining murabbiylari e'tiroz bildirishdi va hakamlar bir necha daqiqa davomida vaziyatni muhokama qilib, yakunda o‘zbekistonlik sportchining foydasiga qaror chiqardi.
Natijada Ixtiyor Navro‘zov kurashni 8:5 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, yarim finalga yo‘l oldi. Endi u bu bosqichda rossiyalik tajribali sportchi Soslan Ramonovga qarshi gilamga chiqadi.
Navro‘zov nimchorak finalda Bahrayn vakili Adam Batirovni mag‘lub etgandi.
Mavzuga oid

17:14 / 07.02.2025
Puerto-Rikoda o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar hibsga olindi

12:37 / 08.11.2024
Puerto-Riko aholisi yana bir bor AQSh tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berdi

21:48 / 01.12.2020
Puerto-Rikoda ulkan radioteleskop vayron bo‘ldi

23:50 / 04.11.2020