AQShning Alabama shtatida 5 kishi o‘ldirildi

Jahon 07:39 / 21.08.2016 11293

AQShning Alabama shtati, Mobil grafligidagi Sitronell shahrida 5 kishi o‘ldirildi. Bu haqda mahalliy nashr Al.com ma'lum qildi.

Mahalliy politsiya bo‘limi vakilining aytishicha, halok bo‘lganlar orasida homilador ayol ham bor. Qotillikni amalga oshirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi.

Voqea joyida politsiyachilar ish olib bormoqda. Hozircha qotillikning sabablari ham, u qanday amalga oshirilgani ham noma'lumligicha qolmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: