Ukraina Rossiya sanksiyalaridan yetadigan zararni hisoblab chiqdi

Iqtisodiyot 13:03 / 17.08.2016 10065

YeI bilan erkin savdo hududiga kirganidan so‘ng, rasmiy Moskva joriy qilgan savdo cheklovlari tufayli Ukraina iqtisodiyoti taxminan 1 mlrd dollar miqdorida iqtisodiy zarar ko‘radi. Ukraina iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Natalya Mikolskaya «Apostrof» nashriga bergan intervyusida shu haqda ma'lum qilgan.

«2016-yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan joriy qilingan choralar tufayli iqtisodiyotga 1 mlrd dollar atrofida zarar yetadi», — degan Mikolskaya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap bevosita eksportning qisqarishi va YaIM hajmidagi yo‘qotishlar haqida bormoqda. 

«Shu yilning besh oyiga doir statistik ma'lumotlar mavjud. Bizning Rossiyaga eksportimiz 2015-yilning shu davriga nisbatan 36,2 foizga qisqargan. Qozog‘istonga yuborayotgan mahsulotlarimiz hajmi 46,2 foizga yoki 136,4 mln dollarga kamaygan», — deya ma'lum qilgan Mikolskaya.

Ma'lumki, Rossiya Federatsiyasi joriy yilning boshidan Ukrainaga nisbatan oziq-ovqat embargosini joriy qildi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: