Xalq banki "Mobil banking" xizmat turini taklif etadi

Iqtisodiyot 09:39 / 17.08.2016 11882

Axborot asrida yashayotgan har qanday kishi eng zamonaviy xizmat turlaridan foydalanishni xohlaydi. Chunki bunda vaqt, masofa va mablag‘ tejaladi. Xalq banki tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Mobil banking” xizmati ana shunday ehtiyojlar uchun ayni muddao.

Ushbu xizmat orqali mijozlar (yuridik shaxslar) o‘z hisob-raqamlarini mobil aloqa vositalariga o‘rnatilgan maxsus dastur orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishlari mumkin.

“Mobil banking” orqali qanday amallarni bajarish mumkin?
Bunda Siz:
- Pullaringizni o‘z hisob raqamingizdan istalgan bankning har qanday boshqa raqamiga o‘tkazishingiz;
- O‘z hisob raqamingizdagi harakatlar haqida doimiy ravishda ma'lumot olishingiz;
- Hisob-raqam bo‘yicha ko‘chirma olishingiz;
- O‘z hisob raqamingizdagi qoldiqlarni kuzatishingiz;
- Bankga o‘tkazilgan to‘lov hujjatlari arxivini yuritishingiz;
- Hisob raqamdagi mablag‘lar holati va harakati bo‘yicha hisobotlar olishingiz mumkin bo‘ladi.

“Mobil banking” xizmatiga qanday ulanish mumkin?

Bu juda oson. Buning uchun faqat bizning bankda hisob raqamingiz bo‘lishi va shu tizimda xizmat ko‘rsatish shartnomasini imzolashingiz kerak bo‘ladi. Tizim hujjatlarni to‘g‘ri to‘ldirilishini tubdan nazorat qilib, xatolarni ko‘rsatib boradi. To‘lov xabarnomalarini rasmiylashtirishda xatolikka yo‘l qo‘yib, hujjatni jo‘natgan holatingizda ham Siz uni zudlik bilan to‘xtatishingiz mumkin va unda hisob raqami bo‘yicha operatsiya amalga oshirilmaydi.
Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki mijozlarga oid operatsiyalar maxfiyligini ta'minlashga kafolat beradi.
Mijozlarni tizimga ulash maxsus sertifikat yordamida amalga oshiriladi. 
Siz Mobil ilovani AppStore va GooglePlay orqali yuklab olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: