Norvegiya bir kunlik neft qazib olish bo‘yicha 5 yillik rekordni yangiladi

Iqtisodiyot 19:38 / 16.08.2016 5412

Norvegiya joriy iyulda 2011 yil martidan beri bir kunlik neft qazib olish hajmi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. O‘tgan oyda Norvegiya shelfida har kuni 1,728 barrel neft qazib olingan. Bundan Norvegiya neft direktoratining dastlabki ma'lumotlari guvohlik bermoqda.

Iyunda Norvegiyaning bir kunlik neft qazib olish hajmi 1,44 mln barrelni, 2015 yil iyulida esa 1,56 mln barrelni tashkil qilgan.  

Norvegiyadan yetkazib berilgan gazning umumiy hajmi iyulda 9,1 mlrd kubmetrni tashkil qilgan, bu iyundagidan 0,9 mlrd kubmetr qo‘proq bo‘lgan. Shu tariqa, neft direktoratining prognozlari 10 foizga yaxshilangan. Statistik ma'lumotlarga 2016 yil martida gaz qazib olish boshlangan Barents dengizidagi "Goliaf" koni katta ta'sir ko‘rsatgan.  

Joriy yilning dastlabki 7 oyida Norvegiya shelfida 342 mln barrel neft va 70 mlrd kubmetr gaz olingan.

Ko‘proq yangiliklar: