Turkiyada qotillikda gumon qilinib qirg‘iz ayoli qo‘lga olindi

Jamiyat 14:37 / 10.08.2016 28240

7-avgust kuni Turkiya politsiyasi Ko‘nya shahrida mahalliy fuqaroni o‘ldirishda gumon qilib, 26-yoshli qirg‘izistonlik ayolni qo‘lga olgani haqida turk OAV ma'lum qilishgan, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston respublikasi TIV. 

Ushbu ma'lumotni aniqlash maqsadida, respublikaning Turkiyadagi elchixonasi Ko‘nya shahar tergov bo‘limi bilan bog‘lanib, xabarga aniqlik kiritgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari, qirg‘iz ayolining qo‘lga olinganini tasdiqlashgan. 

Turkiya tergovchilari ayni vaqtda surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Qirg‘iziston elchixonasi bu jarayonni nazorat qilib turibdi, deyiladi TIV xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: