Afg‘oniston hukumati mamlakat sharqidagi Logar viloyatida avariya holati sabab qo‘nishga majbur bo‘lgan Pokistonga tegishli vertolyot hodisasini o‘rganib chiqish uchun maxsus komissiya tuzdi.
Afg‘oniston prezidenti saroyi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, vertolyot ta'mirlash ishlarini o‘tkazish maqsadida Kobulning ruxsati bilan O‘zbekiston davlatiga qarab harakatlanayotgan edi.
6 avgustda Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani ushbu holatni o‘rganib chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilganligi haqida ma'lum qildi. Bu haqida “Pajvok” agentligi xabar tarqatgan.
Eslatib o‘tamiz, Pokistonga tegishli bo‘lgan vertolyot Azra tumanida majburiy avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgan. Vertolyot qo‘nish arafasida ichida Pokistonning 6 nafar fuqarosi hamda 1 nafar rossiyalik fuqaro bo‘lgan. Kema ekipaji “Tolibonlar” harakati jangarilari tomonidan garovga olingandi.