Asakadagi avtomobilsozlik zavodida har yilgi profilaktika boshlandi

Jamiyat 15:10 / 08.08.2016 10375

8-avgustdan GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining Andijon viloyati Asaka shahridagi zavodida yillik rejaga muvofiq, profilaktika ishlari boshlandi, deb xabar qilmoqda kompaniyaning matbuot xizmati Facebook tarmog‘idagi sahifasida.

«Ushbu amaliyot doirasida korxonadagi uskuna va qurilmalarning texnik holati ko‘zdan kechiriladi, kerak bo‘lsa ta'mirlanadi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘riladi», — deb xabar qiladi Gazeta.uz sayti. 

Kompaniyada ma'lum qilishlaricha, shunga qaramay, GM Uzbekistan tayyor mahsulotlarni mijozlarga yetkazib berish bo‘yicha barcha shartnomalardagi majburiyatini o‘z muddatida amalga oshiradi. Profilaktika ishlari avtomobillarni ichki va tashqi bozorga yetkazib berish ishlariga xalaqit bermaydi. 

Matbuot xabarnomasida ta'kidlanishicha, Asaka avtomobil zavodi faoliyati to‘xtashining profilaktikadan boshqa sababi mavjud emas. 

GM Uzbekistan kompaniyasining Xorazmdagi «Xorazm Avto» sho‘'ba korxonasida 2013-yilda ishga tushirilgani bois, profilaktika ishlari o‘tkazish talab qilinmaydi va o‘z faoliyatini shtatlar jadvali bo‘yicha davom ettiradi.

Ko‘proq yangiliklar: