Tayvan aeroportida beparvolik sabab minglab to‘tiqush nobud bo‘ldi

Jamiyat 12:44 / 07.08.2016 7454

Tayvanning Taoyuan orolidagi xalqaro aeroportda xodimlarning beparvoligi tufayli minglab to‘tiqush jaziramadan halok bo‘ldi. Bu haqda Tayvan xalqaro radiosi xabar bermoqda.

Voqea 6 avgust kuni ro‘y berdi. Ma'lum bo‘lishicha, aeroport xodimlari jonivorlarni tashish qoidalarini buzishgan: ular mahkamlab yopilgan va ichida to‘tiqushlar bo‘lgan konteynerlarni issiqda qoldirishgan. Buning oqibatida to‘tiqushlar halok bo‘lgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, nobud bo‘lgan ikkita mushuk, it va minglab to‘tiqushlar 10 ta konteynerga taqsimlanib, China Airlines aviakompaniyasi samolyotiga ortilib, ana undan so‘ng Kuala-Lumpurga jo‘natilishi kerak edi.

Parvoz xizmati va jonivorlarni yuklash bilan shug‘ullangan kompaniya voqea yuzasidan uzr so‘ragan va aybdorlarni jazolashga va'da bergan.

Ko‘proq yangiliklar: