Saudiyalik ayol dzyudochi isroillik sportchi bilan uchrashishi mumkinligi sababli tatamiga chiqmadi

Sport 21:48 / 07.08.2016 13172

Olimpiadada ishtirok etish istagi milliy adovatdan ustunlik qila olmadi. Arab-Isroil ixtilofi Olimpiadaga ham o‘z ta'sirini o‘tkazdi.

Ayollar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 52 kg gacha vazn toifasining 1/16 finalida Saudiya Arabistoni vakili Jud Fahmiy tatamiga chiqmadi. Agar Fahmiy dastlabki uchrashuvda yutadigan bo‘lsa, isroillik Gili Koen bilan uchrashishi mumkin edi. Shu tariqa saudiyalik sportchi o‘zini Olimpiadada ishtirok etish imkonidan mahrum etdi.

Ko‘proq yangiliklar: