Xabaringiz bor, poytaxtimiz CAFA CUP turniriga mezbonlik qilmoqda. Bugun terma jamoalar 2-tur uchrashuvlarini o‘tkazdi.
O‘zbekiston -1 (U-19) terma jamoasi 2-turda tojikistonlik tengqurlariga qarshi bahs yuritdi. Ushbu bellashuvda Jasur Abduraimov shogirdlari raqiblariga nisbatan kuchliroq ekanligini ko‘rsatishgan holda, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab 7-daqiqada Nurullo To‘xtasinov juda chiroyli tarzda gol kiritib, hisobni ochishga erishdi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, terma jamoaning tezkor yarim himoyachisi Saidjon Davlatjonov ikkinchi golni kiritdi. 20-daqiqada esa Aziz G‘aniyev ajoyib goli bilan tablodagi natijani yanada yiriklashtirdi. 77-daqiqaga kelib vakillarimiz yana bir gol urishning uddasidan chiqishdi. Aziz G‘aniyev uchrashuvdagi dublini rasmiylashtirdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalaridaTojikiston terma jamoasi a'zosi himoyachilarimizning e'tiborsizligidan foydalanib, o‘rtadagi farqni bittaga qisqartirdi. Qolgan vaqt davomida hisob o‘zgarishsiz qoldi. Shu tariqa, Abduraimov jamoasi ikki tur natijasiga ko‘ra, 6 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi.
Tojikiston (U-19) – O‘zbekiston – 1 (U-19) – 1:4 (0:3)
Gollar: Hudoydot Uzoqov (86) – Nurullo To‘xtasinov (7), Saidjon Davlatjonov (13), Aziz G‘aniyev (20, 77)